Nihoyat!!! Dunyoga mashxur bo’gan AVATAR filmini ko’rdim. Qanchadan beri “ko’raman, ko’raman”, deb mana bugun dazmol bilan mazza qilib ko’rdim.
Menga yoqdi… Tabiatga mehrim yanada oshdi. O’zi daraxtlarda haqiqatdan ham bir sir bor. (Kinoni ko’rganlar meni tushunib olishar) Bir filosofik kitobda o’qigandim. “Daraxtlarni, ayniqsa qariroq daraxtlarni achomlash kerak. Ularni xuddi qadrdon do’st kabi achomlash kerak. Ushanda ular sizning barcha dardlarizni o’ziga yutadi, va hotirjamlik hadya etadi. Daraxtlarni achomlaganda ular kuch beradi. Achomlab bo’lgandan keyin, raxmat deyishni unutmang.”
Yo’lda ketayotganizda biron bir kishi daraxtni achomlab tursa, kulib yuborasiz.:) Ammo, o’zimni tajribamdan kelib chiqib, erta saharda yugurganga chiqqanimda, hech kim yo’qligida daraxtni achomlab ko’rgandim. Bir narsani ayta olamanki, haqiqatdan ham qandaydir hotrijamlik, osoyishtalik paydo bo’ladi.
Avatar kinosidan chekka chiqib ketibman. Xullas, film yoqdi. Shuncha oskarni bekor yutmabdi. Yaxshilikka yetaklaydigan kino ekan Tabiatga mehrni uyg’otadigan kino.
Shuncha narsani dazmol qilib qo’yganimni o’zimam bilmay qolibman=))..