Posted in Без рубрики on 05/15/2009 08:02 пп by LoVe in PariS*
«Келажак илми» халкаро бизнес мактабида 2009 йилнинг 23 – май куни соат 10:00 дан 17:00 гача очик эшиклар куни булиб утади. Бу тадбир абитуриентлар ва уларнинг ота-оналарига Халкаро Бизнес Мактаби тугрисида батафсил маълумотларни олиш имконини беради.
Сиз учун бизнес мактаби ичида махсус экскурсия уюштирилади. Бизнес мактабда мавжуд курслар тугрисида маълумотлар оласиз. Сизда тугилган барча саволларга бизнес мактаб маъмурияти хамда талабаларидан батафсил жавобларни олишингиз мумкин. Тадбирга кизиккан барча таклиф килинади.
Манзилимиз: Бунёдкор кучаси 42-А уй. Мулжал метронинг Мирзо Улугбек бекати. Тулик маълумот учун телефон: (+998 71) 150 1882, 150 1885
Posted in Everyday Reality... on 05/09/2009 09:46 дп by LoVe in PariS*
Yomg’ir menga judayam yoqadi. U yog’gandan so’ng havo tozalanadi, daraxt-u gullar yuvilib, yartillab turishadi polizdagi, keyin ogorodimizdagi ekinlar mazza qilib suvga to’yishadi. Xullas, pozitiv tomonlari juda ko’p! Ammo, hamma narsa me’yorida bo’lsa yaxshi ekan. Bu Bahor O’zbekistonda yomg’irni yog’ishiga menimcha Londonliklarning o’zi ham havas qilib yuborishdi. Shunchalik ham yo’gadimi, xuddi osmonni suvi cheksizdek. Ikki kundan beri yom’gir tagiga qolib ketdim. Ertalab esao’zimni xuddi tuzoqqa tushib qolgandek xis qildim: Hamma tarafim suv toshqini orqaga esa yo’l yo’q, faqat oldinga yurish mumkin. O’sha payt, qaniydi kimdir meni ko’tarib quruq joyga olib o’tsaydi, deb o’yladim o’zimcha, lekin atrofimda hech kim yo’q edi… Oxiri, qilishim kerak bo’lmagan ishni, baribir qildim=). Bunday havoda aqlli kishilar uyda issiqqina, quruqqina o’tirishadi. Men esa okeanlar bo’ylab tuflilarimda suzib yurdim, ya’ni suvli Toshkentni kun bo’yi kezdim.
Ertalab, Bibbigon tarafda baby-sitterlik undan keyin Gorkiydagi Universitetimda Prezidentlar kelishiga tayyorgarlik bo’ldi, so’ngra dugonalarim bilan uchrashib Dilbar opa – Respublikaning birinchi kostyumer ayol (o’zlarini shunday ataydilar:) oldilariga kostyum olib kelishga bordik…. Ma’suliyat yuklanganda, hech qanday ob-havoga qaramay ishlarni bajarish lozim. Aytgancha, odamlar bunday havoda qanaqadir ho’mrayib qolishar ekan. Ular kiygan kiyimlari esa to’q, ma’yus tus olarkan. Bunga bugun metroda guvoh bo’ldim. Nima bo’lsa ham yomg’irli havo jonimga tegdi oxir oqibat.=)
Tezroq quyoshli, yorqin va quruq havolar kela qolsin!!!
Posted in Dreams..., Qalb UcHuN on 05/06/2009 11:09 дп by LoVe in PariS*

Bu Momo Havodan ularga odat:
Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin
O`psa faqat shamol o`par yuzlarin.
Bu Momo Havodan ularga odat:
Nozik belda qirqta kokili qavat,
Silasa yomg`irlar silaydi faqat,
Ko`rsa faqat osmon ko`rar ko`zlarin -
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.
Jilmaysa nur yog`ar gul yanoqlardan,
Sir yashirar hatto qizg`aldoqlardan.
Oftob botgandan so`ng xilvat bog`lardan,
Behuda izlamang sira izlarin -
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.
Read the rest of this entry »
Posted in Qalb UcHuN, Sevgi haqida on 05/05/2009 11:03 дп by LoVe in PariS*

Shunchaki chiroyli she’r ekan… Usmon Azim yozganlar. Ular mening eng sevimli shoirlarimdanlar. Hamma she’rlari manga yoqadi… Dunyodagi eng go’zal ayol, Avto bektida, Alamli qo’shiq… va boshqalar.
http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/usmonazim.htm
Posted in InTeReSTiNG!^^, Mening fikrim, OpPORtuniTiEs on 05/03/2009 05:57 дп by LoVe in PariS*
hItaliyadagi Turin Politeh Universitetining filiali Toshkent shahrida sentabrdan o’z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 27-aprel, 2009 -yil kunidagi qarorida e’lon qildi. 2008 -2009 yil o’quv yiliga qabul qilish kvotasi – 200 nafar student bo’lishi mo’ljallanmoqda. Universitetda sanoatning turli sohalari uchun mutaxassislar tayyorlantiriladi. Ushbu Universitetni bitirgach, Italiya Universiteti diplomi taqdim qilinadi.

Fikrim:
Shu kunga kelib, chet el Universitetlarining 5 ta filiali Toshkent shahrida o’z faoliyatini yurgizib kelmoqda. Rossiyaning Plehanova, Gupkina, MGU, Angliyaning Westminister hamda Singapurnng MDIS institutlari shular jumlasidandir. Turin Universiteti filiali ham ular safiga qo’shilishi mening fikrimcha ijobiy holdir. Sababi, ekzamenning faqat 1-avgustda bo’lishi abuturiyentlarning student bo’lish imkoniyatini kamaytirar edi. Endilikda ular bir yil ichida nafaqat milliy Universitetlardan birginasiga, balki chet el universitetlari filiallariga ham topshirib ko’rishlari mumkin. Bir yil ichida bir qancha universitet imtixonlariga kirish, student bo’lish shansini ko’paytiradi.
Mening fikrimcha, Turin Universitetiga kirish imtixoni birinchi yili unchalik qiyin bo’lmaydi. Universitet taklif qilayotgan sohaga qiziquvchilar bo’lsa albatta bu universitet haqida o’rganib, imtixon kunini o’tkazib yubormasliklarini tilab qolaman.
Qo’shimcha ma’lumotlar:
Turin Politeh Universitetini tashkil qilish to’grisidagi Prezident qarori:
http://uza.uz/ru/documents/6279/
Yangiliklarda:
http://talaba.zn.uz/1701
http://www.gazeta.uz/2009/04/28/polito/
http://www.12.uz/ru/news/show/education/2052/
Posted in Bright colours of the Day=), My life on 05/02/2009 11:44 дп by LoVe in PariS*
Bu mening jajji studentikim -Denis. Ikki yoshda. Bilaman u judayam kichkina, ammo bugundan boshlab unga ingliz tilini o’rgatyapman.=) O’zi Janubiy Koreyalik, oyisi bilan bu yerda yana bir yil yashashar ekan. Tog’risi, shundoq ham xaftam grafigi o’ta band, ammo bunday asalchik bilan vaqt o’tkazishga yo’q deyish mumkinmi? Ustiga ustak isha haqqi ham to’lanar ekan^^.. .. Nima bo’lsa ham hayotimga yana bir shirin mazmun qo’shildi!