Archive for Март, 2010

qalbimda Bahor..

Nega blogimga shunchadan beri yozmadimikan… Vaqt kam bo’lganigami yoki ilhom kelmaganigami.. Ikkalasi sababli bo’lsa kerak. Mana Bahorni ham kutib oldim. Bahor quyoshi,  ifforli gullari mening qalbimni sevinchga  to’dirib yuboryapti, Uchratgan har bir insonni yaxshi ko’rib ketyapman. Hamma narsaga qiziqib, hamma narsaga ulgurgim kelyapti.

Yangi do’stlar bilan tanishgim , yangi yerlarga borgim, yangi madaniyat kashf qilgim kelyapti.

Manimcha Bahor deb shuni aytishsa kerak…=)

 

Oila yoki karyera?… Oila va Karyera?=)

Oila yoki Karyera? Nahotki bu ikki qadriyat yagona bir maqsadga aylana olmaydi?….

Ikkalasini ham o’zaro uyg’unlikda olib ketish ilojisi bormikan?..

Buni uddalay olganlar mavjudmi? Men shu paytgacha shunday insonni uchratmadim (ayollarni nazarda tutadigan bo’lsam). yoki faqat bitta qadriyat bir paytining o’zida yetkachi o’rinni egallay oladimi?

Javob berish uchun o’ylab ko’rishim lozim=)……

Postscriptum:

S:Ikkita quyonni bir paytning o’zida qanday tutish mumkin?

J: Oyog’larini bir biriga bog’lab qo’yish kerak.)

 

…………

Seni sevaman…

Seni eslayman yomg’irdan bo’sa olib
Seni o’ylayman tunda tushdan uyg’onib
Seni kutaman kelmasligini sezib
Seni sevaman o’zga borligin bilib.

Faryod chekib ko’z yoshim to’kilsada yurakka
Sening olmos ko’zlaringda ko’rolmadim men najot.
Tilim qon to’ksa ham sevgi bir bosganda tig’
Javobingni ololmay seni kutaman nahot ?
Read the rest of this entry »