Archive for the ‘Dreams…’ Category

ko’zimdagi yosh ila..^^

spanglish-712022spanglishAjoyib film ekan. Bunday filmlar menimcha kam,  hammasi ham yurakka, bizning qalbimizga ta’sir qila olmaydi, o’ylashga majbur etolmaydi. “Spanglish”ni ko’rgandan keyin, insonda nimadir o’zgaradi, film  hayotdagi qadriyatlar haqida o’lantiradi. Bu filmda ikki inson, bir birini chin ko’ngildan sevib qolishadi, ammo ular birga bo’la olishmaydi, sabab ulardagi majburiyatlar, hamda burchlar shundoq yonginalarida turgan baxtdan voz kechishga majbur qiladi. Flora, asosiy roldagi ayol:” Farzanding bo’lganda, xohlagan payt qila olishing mumkin bo’lgan xatolaringni qila olmas ekansan, -  deb aytadi. Aktyorlar o’z rollarini yuksak darajada o’ynab qo’yishgan. Ayniqsa, asosiy ayol qahramondan – Farishtadek chiroyli hamda oqko’ngil, jon fido qilishga loyiq o’ta mukammal obraz yarata olingan. ( chap tarafdagi rasm). Kinoning oxirgi 20 minutinigina ko’rishga nasib qilgan bo’lsa ham, ko’zimda yosh bilan ko’rdim…^^…..

 

Indescribable song…so much loved by me

DON’T WANNA MISS A THING

sang by Aerosmith

I could stay awake just to hear you breathing
Watch you smile while you are sleeping
Far away and dreaming
I could spend my life in this sweet surrender
I could stay lost in this moment forever
Well, every moment spent with you
Is a moment I treasure
Read the rest of this entry »

 

O’zbek qizlari (ta’riflashga til ojiz, har bitta so’zga e’tibor berish kerak)

kichkina-farishtalar

Bu Momo Havodan ularga odat:
Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin
O`psa faqat shamol o`par yuzlarin.

Bu Momo Havodan ularga odat:
Nozik belda qirqta kokili qavat,
Silasa yomg`irlar silaydi faqat,
Ko`rsa faqat osmon ko`rar ko`zlarin -
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.

Jilmaysa nur yog`ar gul yanoqlardan,
Sir yashirar hatto qizg`aldoqlardan.
Oftob botgandan so`ng xilvat bog`lardan,
Behuda izlamang sira izlarin -
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.

Read the rest of this entry »

 

Only you…

Only you
Can do make all this
world seem right,
Only you
Can do make the darkness bright,
Only you, and you alone
Can feel me like you do
And do fill my heart with
love for only you.

Only you
Can do make all this change in me,
For it’s true
You are my destiny.
When you hold my
hand, I understand
The magic that you do,
You’re my dream come true,
My one and only you.

 

Faqatgina siz…

yol'giz sizFaqatgina siz tufayli

Ushbu dunyo go’zal ko’rinar. Faqatgina sizning Nuringiz ila zulmat ortga chekinar Faqatgina siz uchun Muhabbat bilan yuragim to’lar… Tanho sizning deb, Mening tabiyatim o’zgara olar… Bu axir haqiqat, siz mening yagona taqdirimsiz… Qo’llarimni siz ushlagan dam, Mo’jiza sodir bo’ladi, jonim Siz mening orzuyim ro’yobisiz Mening yolg’izim-u, tanho insonim… Hech nimani eslatmadimi?=) Bu axir mashxur, Elvis Presleyning

 ”Only you” qo’shig’iku! Ushbu qo’shiqning original versiyasi quyidagi sahifada. Atigi 1 mgb bo’lsa ham, ulkan go’zallikka ega san’at asari.^^

http://mp3.music.lib.ru/mp3/a/asianboy/asianboy-elvis_presley_-_only_you_-2.mp3
 

17 yosh qizaloq o’ylari

 

di-flyingUchqun yondi ko’zimda,
Ko’rib bu gozallikni,
Bol qo’shildi so’zimga,
Tanimay qoldim o’zimni.
Dilda kulgi, dilda bir kuy,
Dilim qo’shig’in bir tinglab ko’r:
U kuladi ,u yig’laydi
Tubdagi orzuni u eslaydi.
Ko’zlar esa faqat birni izlaydi,
Atrodagi ko’zlardan uni istaydi.
Olloh bilar, qalbim ne ko’zlar
Nelarga uchib, nega shod bo’lar.
Qanot bergil ollohim,
Qalb kuyida parvoz aylay
Bo’lay gado, beray borim,
Oqqush kabi ozod bo’lay…
15.02.06
 

Sumalakdan tosh topdim, bir parcha quyosh topdim=)

JIDUda sumalak

Navruz so’zini eshitsangiz hayolingizdan nimalar o’tadi?

Go’zal tabiatmi…

Rangbarang lolalar, chiroyli qizlar, zabardast yigitlar, raqs-qo’shiqlar balki  =)

Yomg’ir?-(

Mening hayolimga esa birinchi navbatda sumalak hamda uni aralashtirayotganda aytish mumkin bo’lgan yangi orzular keladi! Har bir inson yo’lida , ko’cha kuyda ketayotganda bir guruh ayollarning sumalak pishirishayotganini ko’radi. Shunda borib bir qozonni aralashtirib, ichidagi barcha ezgu niyatlarini aytsa, ular albatta ushladi. Men bundan 2 yil oldin, sumalakni mazza qilib aylantirgandim, va ushanda aytgan orzuyim shu yiliyoq ro’yobga chiqqan.  Shundan so’ng, bu mening eng sevimli mashg’ulotimga aylandi.

Univerimizda sumalak pishirishni boshlashibdi. Ertagacha qaynaydi endi. Bugun niyatlarimning faqat yarmini etishga ulgurdim. Ertaga qolganini aytaman!=) Siz ham u bu yerda sumalak qilishayotganini ko’rib qolsangiz, albatta bir aylantirib qo’ying, ishoning bu judayam yoqimli mashg’ulot. Bitta “No”sini hisobga olmasa.^^

 

Любимое

Молчи, скрывайся и таи
И чувства и мечты свои -
Пускай в душевной глубине
Встают и заходят оне
Безмолвно, как звезды в ночи, -
Любуйся ими – и молчи!

Как сердцу высказать себя?
Другому как понять тебя?
Поймет ли он, чем ты живешь?
Мысль изреченная есть ложь.
Взрывая, возмутишь ключи, -
Питайся ими – и молчи!

Лишь жить в себе самом умей -
Есть целый мир в душе твоей
Таинственно-волшебных дум;
Их оглушит наружный шум,
Дневные разгонят лучи, -
Внимай их пению и молчи!..

(“Silentium!” – молчание Федор Тютчев)

hayol-surgan-qiz



 

Maqsadga erishish yo’li

Inson nimaiki amalga oshirishni xohlasa, usha narsaga bemalol erishishi mumkin ekan. Buni o’zimning tajribam asosida aytyapman. Umuman shans yo’q edi, ammo men ilojsiz maqsadimni amalga oshirdim.

1. Eng asosiysi bu aniq maqsad qo’yish kerak. Oxiri yaxshi bo’lsa mayli, a’lo bo’lsa undanam yaxshi deyish kerak emas. Oldinga eng maksimal natijani aniq va konkret ravishda belgilab olish lozim.

2. Shubxalardan xalos bo’lish. Maqsadga erishish uchun qator to’siqlar mavjud bo’lishi mumkin va xohlayotgan ishning amalga oshishini imkonsiz deb tuyultirishi mumkin.

Ammo, usha shubxalarni unutib, oxirgi natijaga (ijobiy natijaga) hamma e’tiborni qaratish kerak.

3. Harakatda barakat. Omadni siri oxir oqibat bilimga, mehnatga taqalar ekan. Oxiri hammasi zo’r bo’lishiga ishonish bilan birga, qo’lidan kelgancha harakat qilish, usha maqsad amalga oshirilishi uchun shart-sharoit yaratish kerak. Hech qanday priz bekor berilmaydi, ammo hech qanday mehnat ham rohatsiz bo’lmaydi=)

Bo’ldi shekilli=) Men filosof yoki psiholog emasman, faqatgina o’zimning shu 2 xafta ichida tajribam bilan isbotlangan faktlarni aytyapman. Shunga iqror bo’ldimki, inson hayotini faqat tekis omadlardan tashkil qilishi mumkin. Ko’plar etadi, “hayotda hammasi ham xohlaganingcha bo’lavermaydi” deb. Agar inson shunaqa deb o’ylasa, haqiqat ham shunga taqalib qoladi. Agar inson aksini o’ylasa, u butun hayotinining har bir kunini baxtli o’tkazishi mumkin. Albatta kichkina to’siqlar bo’ladi, ammo ularga e’tibor qilish kerak emas xolos.

P.S Bu maqola juda ham charchagan va uyqisi kelgan qiz tomonidan yozildi. Shuning uchun yozilganlarga ishonish mumkin, olib qochar gaplar emas. Chunki, inson ikki paytda: ichganda yoki uxlab qoli devotganida rost gapiradi^^

 

Hammasi OK bo’ladi

Bugun meni Universitet kutubxonasidan oxiri xaydab yuborishdi. Kursdoshim bilan 4 soat bibliotekada 7 ta seminarni yozdik. O’zi kutubxonaga soat 4 larga kirgandik, shu burnimizni Demokratik Jamiyat Nazariyasi kitobiga qo’ydikde, 8 da burnimizni kitobdan oldik=))

Universitetimizda bir domla bor. Usha domla hamma studentlar orasida LEGENDA. Mana 1 xafta bo’ldi-ki, hammani og’zida Uchqun aka. Kimni ko’rmasam “Uchqunakaga topshirdizmi, savol javob qildilami” deb so’rashadi. Hozircha 70 ta studentdan bitta odamgina 5 olganini eshitdim. Shuniyam zo’o'o’rg’a, qiynab qo’yib beribdilar. U bolani ismi Umid, mana 2 semestrdan beri fakultet reytingida 1 o’rinni egallab keladigan bola Aytishlaricha Umiddan shunaqangi ko’p savol so’rabdilarki, yalintirib oxiri86 (5) qo’yib beribdilar.

Men bu domlaga ertaga topshiraman. Bilmadim, negadir ularni juda mehribon, insoniy va tushunadigan odam deb o’ylayman. Studentlar ular haqida ming xil narsa gapirishadi: qiynab, studentlar ustidan kuladilar deyishadi. Man bunga ishonmayman.

Xudo xohlasa, Uchqun aka ertaga mani judayam hursand qiladilar=)))))))

Hammasi OK buladi!