Posted in **ImkOniyatlar*, Eng baxtli onlar*), InTeReSTiNG!^^ on 06/01/2010 10:05 дп by LoVe in PariS*
5-iyun kuni Telman parkida, hozir Mirzo Ulug’bek parkida juda qiziqarli bir kunlik tadbir rejalashtirilmoqda. Hamma hammani taklif etaman… Boradigan bo’lsangiz, kommentda qoldiring, chunki manam bormoqchiman. Baxonada blogger.uz dagilar bilan hayotda ham uchrashib olardik=). Bayramda turli yulduzlar, KVN komandalari, hamda prizlik o’yinlar bo’larkan. Kechqurun esa – konsert dasturi.. Menimcha qiziqarli bo’ladi!
Праздник состоится в городском парке им. Мирзо Улугбека (бывш. Парк Тельмана), 5-го июня . Торжественное открытие праздника намечено на 11 часов утра. Read the rest of this entry »
Posted in *Hayot mo'jizalari***, Eng baxtli onlar*) on 05/28/2010 09:08 дп by LoVe in PariS*

Ular raqsga tushayotganlarida men atirgul yaproqlarini sochaman...=)
Mening fikrimcha, har bir sevishganlarning o’z qo’shiqlari bo’lishi kerak… Bu qo’shiqqa to’y kuni o’zlarining ilk raqslariga tushishlari mumkin…Bu qo’shiqni bir birlarini sog’inganlarida eshitishadi.. Bu qo’shiqni qachon eshitsalar bir birlariga bo’lgan sevgini, mehrni qanchalik kuchli ekanligini ich-ichlaridan xis etishadi. Read the rest of this entry »
Posted in **ImkOniyatlar*, Eng baxtli onlar*) on 04/04/2010 11:57 дп by LoVe in PariS*
Bir necha yil oldin radioga qo’ng’iroq qilib salom aytishni rosa xohlagandim. 10 marotalab telefon qilsam ham< hech ham tusholmasdim. Radio Sezamga (yopilib ketgan) bir marotaba zo’rg’a tushganimda efirga endi chiqaman deganda uzilib qolgandi. Rosa alam qilgandi. Mana bugun esa radioga ilk bora telefon qilib gaplashish nasib qildi. Bu safar eshituvchi, salom yo”llovchi bo’lib emas balki korrespondent sifatida tel qildim. Efirga chiqqan lavham haqida boshlovchilar bilan muhokama qildik. 7 minutcha telefonda maza qilib so’zlashdim. Millionlab odam eshitayotgan bo’lishi mumkinligi o’yi bilan gaplashish boshqacha, juda hayajonli bo’larkan. 5-6 yil shunaqa radioada lavhalaring chiqadi deb ubu kim aytganida hech ham ishonmagan bo’lardim. Kutmagan narslar ham sodir bo’larkan bu qiziqarli hayotimizda. Lekin, hali hanuz o’zimni haqiqiy korrespondentman deyolmayman. Hozircha faqat o’rganyapman.Ovozim ustida, diktsiyam ustida shunaqangi ko’p ishlashim kerak!
Bobur Komilov (Journal, Davr-news) ushbu ”Record Uzbekistan”nomli radio -tele loyihaning muallifi bo’ladilar. Loyiha ingliz tilida. Unda men kabi boshqa yoshlar birgalikda siyosat, jamiyat, madaniyat kabi sohalardagi dolzarb masalar haqida ingliz tilida xilma xil lavhalar tayyorlaymiz.
Radio haqida blogimda yozish yozmaslik haqida biroz o’ylandim. Sababi, birinchidan reklama qilishga uyaldim, ikinchidan esa o’zimning biron bir lavhamdan hali hanuz ko’nglim to’lmagani sababli, meni taniydiganlardan hech kim eshitmasin degandim.=)
Ammo, shu narsaga iqror bo’ldimki, fidbeklar ya’ni eshitivchilarning fikrlarisiz men o’z ustimda ishlolmas ekanman. Shuning uchun bugundan boshlab hammaga shu radio loyihada ishtirok etayotganimni aytib, o’z fikrlarini bildirishlarini so’rayman.
Yakshanba kunlari soat 22-00 da, vaqtingiz bo’sh bo’lib qolsa, Radio Yoshlar 104,0 FM da “Record Uzbekistan” nomli ingliz tilidagi loyihani eshiting. Umuman Loyiha haqida hamda, shaxsan mening (Diyora Karimova) lavhalarim haqida fikrlaringiz bo’lsa qoldirsangiz, xoh ijobiy xoh salbiy juda hursand bo’lardim. Bu fikrlar mening o’sishimda yordam beradi.
Chet eldagilar esa internetdagi mtrk.uz veb saytidada Yoshlar Radiosi orqali eshitishlari mumkin.
Posted in Eng baxtli onlar*), Qalb UcHuN on 08/21/2009 09:33 дп by LoVe in PariS*
Azizlar, barchangizni qutlug’ oy -Ramazon bilan tabriklayman. Iloyim ushbu oy barcha qilgan niyatlaringiz ushalsin, gunohlaringiz kechirilsin, tutgan ro’zalaringiz esa qabul bo’lsin. Ro’za tutayotgan bo’lsangiz Ollohning o’zi sizga sabr-bardosh bersin!!!…
Ishongim ham kelmaydi… Bir pastda Ramazon oyi ham kelibdi. Bu oy – baribir boshqacha, odamlar yomon ishlar qilmaslikka harakat qiladilar, natijada, hamma o’zgarib qolganday bo’ladi, hamma mehribon bo’lib qoladi… Ko’chalarda yurib, odamlarning yuzlari farishtali bo’lib qolganini xis qilasiz. Qaniydi, har kunimiz Ramazon kunlaridagidek beg’ubor, toza va savobli bo’lsa….
Mana bu hikoyani bir blogger dan ko’chirdim… O’ylaymanki, ular mandan xafa bo’lmaydilar. Men bu hikoyani yig’lab o’qigandim.
Read the rest of this entry »
Posted in Eng baxtli onlar*) on 08/17/2009 10:02 дп by LoVe in PariS*
Bugun orziqib kutgan dam olishdan uyga keldim, o’zimni yangi tug’ilgan chaqaloqdek xis qilyapman: yangi g’oyalar, yangi orzular va harakat uchun yangi kuchlar! Xo’jakent oromgohi endi mening uchinchi uyim, o’z uyim va Universitetimdan so’ng. Bu oromgoh men uchun juda qadrli bo’lib qoldi, odamlari, binolari, havolari, ko’chalari, go’zal manzaralalari! Xo’jakentda 10 kun o’tkazgan bo’lsam, shundan 10 ta hotira butun umrga esimda qolsa kerak… Read the rest of this entry »
Posted in Eng baxtli onlar*) on 08/04/2009 01:23 пп by LoVe in PariS*
Toshkent vaqti bilan kechasi 12-30 larda, osmonga qarab yotganimda, yulduzlardan pastroqda olovrang dumli bir narsa tez uchib ketdi, orqasidan tutuni ham bor edi… Birinchi kelgan hayol, kimdir salyut otayotganmikan dedim. Ammo, hech qanday ovoz eshitilmas, tun juda tinch edi. Salyut otilganda odatda qiy chuv bo’ladi. Yulduz uchishiga ham o’xshamadi.
Keyin googlellatganimda manabi rasmni topib oldim,
men kometa ko’rgan ekanman…
Коме́ты (от др.-греч. κομήτης, komḗtēs — «волосатый, косматый») — небольшие небесные тела, имеющие туманный вид, обращающиеся вокруг Солнца обычно по вытянутым орбитам. При приближении к Солнцу кометы образуют кому и иногда хвост из газа и пыли.
Wow……. bu tunni hech qachon unutmayman…