Archive for the ‘musiqa’ Category

Ne uchun qarog’ing g’amli qayg’uli…

Baxting
Ne uchun qarog’ing g’amli qayg’uli,
Ne uchun quvonching butunmas jonim.
Tiriklik sharbati goxo og’uli,
Seni asragayman bordur imkonim.

Ko’z yosh to’kmagin ey go’zal qushcha,
Sen misoli  bir gul g’uncha.
Sochlaring silaydi asta shamol,
Sog’intirmay jonim kelaqol.
Ko’zlaring tubida sir bor qandaydir,
Aytmaysan jilmayib qo’yasan goho.
Dunyoda sirdosh ham bilsang kerakdur,
Dardinga man sherik bo’layin tanho.
Toki ko’zlaringda quvonch porlasin,
Toki sanga qarab qilsinlar havas.

Doimo chorlasin shodligu sevinch,
Baxting butun bo’lsin har dam, har nafas.

Ko’z yosh to’kmagin ey go’zal qushcha,
Sen misoli bir gul g’uncha.
Sochlaring silaydi asta shamol,
Sog’intirmay jonim kelaqol…

Mood: very sad … wanna cry..

 

а снег идёт….

А снег идет, а снег идет
По щекам мне бьет, бьет
Болею очень – температура
Стою и жду тебя ..

Kollejning 1-kursida o’qib yurgan paytlarimdagi eeeeeng sevimli bo’lgan qo’shig’imni bugun rosaligam eshitgim keldi!…  Glyukoza  – А снег идёт…

Ashulani eshitib derazaga qarasam hamma yoqni bir tekisda oppoq qor qoplayotgan ekan. Ko’chalar judayam chiroyli bo’lib ketibdi.  Bunaqa paytlarda menimcha har qanday qalb romantikaga to’lsa kerak.=)

 

Yolki palki! Kun musiqasi – Faqat asra=)

Juda-juda-judayam mazali haqiqiy ruscha Borsh ichgingiz kelsa Yolki-Palki restoraniga boring! Shiringina xumchada solib berishadi. Mana bu rasmlarda biz borsh va xarchu ichyapmiz!

Ёлки палки в ташкенте Sonsengnim Read the rest of this entry »

 

Kun musiqasi – Sevib intildim…

Shu kunlar qancha eshitsam ham hech to’ymayotgan qo’shig’im Shaxzodani “Sevib intildim” qo’shig’i. Saksofon ovozi menga juda yoqadi. Bu qo’shiqda esa saksofon yordamida juda ta’sirchan kuy yaratilgan, so’zlariyam judayam chiroyli… musiqasi ham, Shaxzodani ovozi ham…=)

Ketma degim keladi, lekin ketasan!

Sevma degim keladi, lekin qaniydi,

Bu so’zlar mening qalbim tinglasa! Read the rest of this entry »

 

Baxtli bo’lsangiz – raqsga tushasiz, Raqsga tushsangiz esa – baxtli bo’lasiz…

Raqs – biron bir musiqaga mos holda tanani haraktlantirish orqali ichki  xissiyotlarni ifoda etishga,  ichki  haqiqiy dunyoni namoyon qilishga hamda hayotdan lazzatlanishga olib keluvchi  san’at turidir.

qalbning parvoz etishi

Inson raqsga tushganda , uning qalbi erkinlikka talpinadi, chunki tana yengil harakat qila boshlagandan so’ng, ruh ham yengil tortadi.  Qalb parvoz aylaganda esa, inson o’zini rostakamiga baxtli xis qiladi, menimcha qalbning ozod bo’lishiga hech narsa yetmasa kerak. Read the rest of this entry »

 

Erta tongda tinglashli ashula..

Ajoyib qo’shiq… Har tong uyg’onganimda, uni yoqaman, va bir past osmonga qarab yotaman…  Duetdagi qiz va bolaning ovozlari judayam chiroyli ekan,  birgalikda esa yanada go’zal ovoz paydo bo’lgan. Klipini quyidagi saytda hozirgina ko’rdim, juda yoqdi, qiz okean oldida, yigit esa Yevropaning qaysidur chiroyli  shaharchasida bir birlariga o’z sog’inchlarini izhor qilishadi…

Shu yerda bu ajoyib ashulani ko’rish mumkinl
(klip yuqori chap tomondagi burchakda o’zidan o’zi qo’yilib ketarkan.)

Lucky  by Jason Mraz

Do you hear me?
i’m talking to you
Across the water
Across the deep blue ocean
Under the open sky
Oh my, baby I’m trying

Boy I hear you in my dreams
I feel your whisper across the sea
I keep you with me in my heart
You make it easier when life gets hard

Read the rest of this entry »

 

“Cумерки” – “Twilights” filmiga kasal bo’lib qoldim^^

twilightAnchadan beri  kinoni bunaqa berilib ko’rmaganman.

Syujeti – unikal, yangi, yorqin va ta’sirli.

Qiziqarli obrazlar yaratilgan. Har bir qahramon judayam qiziqarli.

Mavzusi – sevgi bo’lsa kera..vampirlar haqida o’zi. Unchalik qo’rqinchli emas, men ujas kinolarni ko’rolmayman.

Bu kino kitob asosida yozilgan ekan, darrov kitobini inetdan topib,  o’qidim.

Twilights -2 ham chiqibdi, uni qidiraman.

Juda juda juda zo’r kino ekan…