Archive for the ‘My life’ Category

Bugun mening eng baxtli kunim

DiyoraBugun bir inson dunyoga keldi.  Mana u yana bir yoshga ulg’aydi. U qanchalik katta bo’lgisi kelmasin, vaqt o’z ishini qilyapti va unga katta bo’lish kerakligini eslatyapti. U qizcha esa buni endigina tushunib yetmoqda. Shunday bo’lsa ham u o’z bolaligini hech qachon qo’yvormaydi, balki umrining oxirigacha mahkam ushlaydi.  Hayotidagi yangi davrni qarshilar ekan, unga men keyingi bir yil  uchun quyidagilarni tilayman^^ Uning yaqindagina qilgan bir niyatini albatta ushalishini,  BMTga ishga kirishini,  ota onasini esa eng baxtli inson qilib, yuzlarini yorug’ qilishini hamda shu yoshining har bir soniyasini sevinchga to’la o’tishini tilayman…

P.S Bugun mening eng baxtli kunim – 12 -iyul…Ota Onamga hamda Ollohga shu dunyoga kelganim uchun tashakkur aytaman….)

 

Tajriba

Bugun BMTning O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan  loyihalaridan birida stajirovkani o’tash uchun suhbatga kirdim . BMTga ishga kiruvchilar uyoda tursin stajor bo’lib ishlashni xohlovchilarning o’zi ham juda ko’p ekan, bu vakansiyani egallash ham konkurs asosida bo’lar ekan.  Uyimizda remont sababli, hali beri dam olishga hech qayerga bormayman. Ombudsmandagi praktikam shu xafta tugaydi.  Shuning uchun ham kuni bilan uyda o’tirmay, BMTda ishlab ko’rmoqchiman.

2 xafta oldin bu vakansiya haqida EMAILimga hat  kelgandi. Read the rest of this entry »

 

Mening shaxsiy poyezdim

“Assalom Yoz!!! Nahotki yurtimizga kirib kelding, shuncha sovuqli kunlardan keying-a? Mana birinchi kuningda ham yomg’ir yo’gib berdi! Bu menimcha Bahorning, ketishdan oldin, senga so’nggi sovg’asi!”

Yuqorida lirik chekinish edi, umuman olganda bugun juda bir antiqa kun bo’ldi. Ha aytgancha  barchani bugungi bayram bilan tabriklayman! Doimo qalbingiz yosh, harakatlaringiz sodda, tabassumingiz chaqaloqnikidek beg’ubor bo’lsin!!!  Bugun kichkintoylar bayrami – har birimiz bayramimizdir! Siz 15 yoshdamisiz, 25 mi yoki 65 mi farqi yo’q…  axir ich-ichimizda har birimiz kichkintoymiz-ku!

metrodaShaxsiy poyezdga kelsak, bugun hayotimda ilk bor o’z poyezdimga, aniqrog’i vagonimga ega bo’ldim.=) Hayol surib ketib, bir payt atrofga qarasam vagonda mendan boshqa hech kim yo’q, hali hech qachon bunaqasi bo’lgan emas. Balki, bugun “Bolalar kuniga” xudodan menga yuborgan sovg’asidir!..^^ O’ziyam butun vagonda aylaniiiib yurdim, rasmlarga tushdim=)Qo’shni vagondilarga tomosha bo’ldim.. Xullas, yoshlik -begunohlik.=)) Nimalar yozib tashladim o’zi, Bloggingni judayam sog’inibman.. O’qishim qursin, UWEDimni qiyin darslari deb, oxirgi oy blogimga umuman vaqt ajratolmadim. Mana shu oxirgi xafta sessiyalarimni yopib, ozodlikka chiqaman! … 3 oy – ozodlik! No homeworks, No presentations,No speeches,  No seminars, No essays, referats, course works.. OMG, it is a blast!=)

Yozgi planlar:

1. Uxlash va yana uxlash

2. Fransuz tilimni rivojlantirish

3. Suzishni professional tarzda o’rganish

4. Har xafta yangi klassik asar o’qish

5. 1 0y biron yerda dam olish

6. Nihoyat antiqa ovqatlarni o’rganish, oilamni har kuni syurprizlar bilan hursand qilish

7. Tishimga kirishish

8. Pul yig’ib,  sintezator sotib olib, pianionada chalishni o’rganish

va rosa ko’p boshqalar!

HVAYTING!!!  Koreyschada “ol’ga” degani=)



 

Hayotning yangi sovg’asi

mening-DenisBu mening jajji studentikim -Denis. Ikki yoshda. Bilaman u judayam kichkina, ammo bugundan boshlab unga ingliz tilini o’rgatyapman.=)  O’zi Janubiy Koreyalik, oyisi bilan bu yerda yana bir yil yashashar ekan. Tog’risi, shundoq ham xaftam grafigi o’ta band, ammo bunday asalchik bilan vaqt o’tkazishga yo’q deyish mumkinmi?  Ustiga ustak isha haqqi ham to’lanar ekan^^.. .. Nima bo’lsa ham hayotimga yana  bir shirin mazmun qo’shildi!

 

Sizni yaxshi ko’raman!

onajonim-uchun-by-di

Men uchun onajonimdan ko’ra azizroq, sevimliroq va qadrliroq inson yo’q bu dunyoda..

Sizning mehribon ko’zlaringiz, iliq so’zlaringiz, har qanday vaqt qo’llab quvvatlashingiz shu kungacha meni ko’z qorachig’ingizdek asrab-avaylashingizga javoban, butun dunyoni hadya qilsam ham oz…

Siz hayotimning quyoshisiz! Sizning go’zalligingiz haqida butun jahonga jar solmoqchiman! Siz kabi o’ziga xoslikka, latofatlikka ega hech kim yo’q… Onajonim aslida bu so’zlarni har kuni, har daqiqa, har soniya aytishim kerak.

Sizni xafa qilgan bo’lsam iltimos kechiring , sizning har dam baxtli bo’lishingiz uchun, men butun umr harakat qilishga tayyorman.

Nurli chehrangizda doimo tabassum bo’lsa, dunyodagi eng baxtli qiz o’zim bo’lardim!

Bayramingiz Muborak Bo’lsin!

 

Mening asalim, novvotim, hayotim quvonchi!^^

qizaloqMening kichkina singilcham bor, u xolamning qizlari – Malika… bilmadim, ne sabab, lekin menda unga nisbatan xaddan ziyod kuchli mehrim mavjud, o’zim hayron qolaman bir birimizni nega bunchalik yaxshi ko’rarkanmiz deb!^^

Har safar uni ko’rganimda xuddi 1 yil ko’rishmagandek, quchog’lab qo’yib yuborgim kelmaydi… U ham “Didish ya tak po vas soskuchilas’” deb yonimdan ketmaydi.

Uzoq ko’rmasam sog’inchdan g’amgin bo’lib qolaman, u ham qo’l telefonimga juda ko’p qo’ng’iroq qilib, “Didish”, -deydi.. – “Ha, asalim”,- desam “Qaleysiz?!”- deb shiringina ovozi bilan hol axvolimni so’raydi.=)! Shu qaleysiz so’zini o’zi ko’nglimni ko’tarib yuboradi. Malika rus maktabda, 2-sinfda o’qiydi, hozir kichkina sinflarda Anketa to’ldirish mo’da bo’libdimi, manga ham to’ldirgani berib yuboribdi!

Anketa savollariga mazza qilib javob berdim, keyin uyimda bor nakleykalar va flamasterlar yordamida kreativno yasatib berishga ham harakat qildim! Anketa savollari va mening javoblarim:

1. Имя

-Дидиш

2. Дата рожденияkundalik

- 12 июлья

3. Телефон

111-17-..

4. Адрес

- ул.2-Саноат, 17

5. Твои любимые занятия

- Корейский язык, English, Право

6.Любимое животное

- Панда и собачки

7. Расскажите о своей семье

- Нас пятеро – папа, мама, братья и Я!

8. Твой любимый мультфильм

Мадагаскар! =) (первая часть)

9. Твой любимый цветок

- Белая роза, орхидея и фиалки :)

kundalik2110. Твое любимое время года

- Люблю Осень!

11. Твой любимый цвет

- Белый, розовый и голубой

12.Твоя любимая сказка

- Сказка о Золушке

13. Наклейка

- Наклеила красивую снежинку и рядом написала “Будь нежна и чиста как эта снежинка!”

14. Любимая еда

- Казан кабаб который готовит твой папа!

15. Любимая подруга

- Ты моя самая близкая подруга!

Я так смеялась, когда отвечала на все вопросы, вроде они детские ну о любимом мультике, сказке… Но ответы нашлись даже на эти смешные вопросы. Мне кажется, каждая девушка,имеет свою любимую сказку! Я например всегда даже сейчас могу с удовольствием посмотреть Золушку =)

Обычно ответив на все вопросы, на следующей странице пишешь свои пожелания или же стихи.. Вот я в интеренете нашла стихотворение, которое мне очень понравилось. Малишка конечно еще маленькая, но надеюсь когда-то она,прочитав его, поймет, то что я хотела ей сказать… Read the rest of this entry »